Nodirbek Abdusattorov yana Karlsenga qarshi dona suradi (video)

Sport

image

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” turniri doirasida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov chorak finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o‘ynaydi.

Musobaqaning ikkinchi kunida, ya’ni 8 aprel kungi bahslarda Abdusattorov hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuni mag‘lub etdi va Xikaru Nakamura bilan durang o‘ynadi. Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra, 5 ta g‘alaba, 3 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan Abdusattorov turnir jadvalida 5-o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Ma’lumot o‘rnida, turnir jadvalida 1-8-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Chorak final bahslari bugun, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Chorak final juftliklari:

Karlsen - Abdusattorov; 
Nepomnyashiy - Kreymer;
Karuana - Lagrav;
Erigaisi - Xikaru.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing