Nodirbek Abdusattorov yana Karlsenga qarshi dona suradi (video)
Sport
−
09 aprel 4412 1 daqiqa
Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” turniri doirasida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov chorak finalda norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o‘ynaydi.
Musobaqaning ikkinchi kunida, ya’ni 8 aprel kungi bahslarda Abdusattorov hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuni mag‘lub etdi va Xikaru Nakamura bilan durang o‘ynadi. Saralash bosqichi yakuniga ko‘ra, 5 ta g‘alaba, 3 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan Abdusattorov turnir jadvalida 5-o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Ma’lumot o‘rnida, turnir jadvalida 1-8-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Chorak final bahslari bugun, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Chorak final juftliklari:
Karlsen - Abdusattorov;
Nepomnyashiy - Kreymer;
Karuana - Lagrav;
Erigaisi - Xikaru.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr