Karlsen ketma-ket 2 kun Bibisoraga qarşi öynaşdan boş tortdi

Sport

−

image

Norvegiyalik grossmeyster, şaxmat böyiça 16 karra jahon çempioni Magnus Karlsen FIDE reytingining yetakçi poğonasini xavf ostiga qöymaslik uçun Total Chess jahon çempionatida qozoğistonlik Bibisora Assaubayevaga qarşi klassik şaxmat böyiça öyinni ketma-ket ikkinçi kun ham ötkazib yubordi.

Budapeştda klassik, rapid va blits şaxmat turlarini birlaştirgan yangi Total Chess jahon çempionati bölib ötmoqda. Karlsen guruh bosqiçida omadsiz iştirok etdi va birorta ham ğalabaga erişa olmadi. Natijada uning jonli reytingi 21,8 oçkoga pasayib, 2801,2 ni taşkil etdi. Şu tariqa, norvegiyalik şaxmatçi 17 yil içida ilk bor 2800 oçkodan pastga tuşib ketiş xavfiga duç keldi.

Karlsen turnirning pley-off bosqiçida Assaubayeva bilan kuç sinaşdi. Ularning ikkinçi qarama-qarşiligida norvegiyalik rapid va blits bahslari yakunlariga köra 10:2 hisobida ustun keldi. Şu sababli klassik şaxmat böyiça uçraşuvning natijasi umumiy hisobga jiddiy ta’sir körsatmasligi ayon böldi.

Şundan söng Karlsen ketma-ket ikkinçi kun klassik şaxmat bahsida iştirok etişdan boş tortdi va unga texnik mağlubiyat yozildi. Biroq mazkur natija FIDE reyting hisob-kitobida inobatga olinmaydi.

Şu tariqa, Assaubayevaga qarşi ikkinçi bahs umumiy hisobda 10:10 bilan yakunlandi. Bir kun avval rapid va blits bahslaridan keyin Karlsen 11,5:0,5 hisobida oldinda edi va klassik şaxmat öyinida ham qatnaşmagan. Yakunda norvegiyalik şaxmatçi 11,5:8,5 hisobida ğalaba qozondi.

Ikki uçraşuv natijasiga köra, Karlsen Assaubayevadan ustun keldi va endi Total Chess jahon çempionatida 17-örin uçun bahs olib boradi.

Ma’lumot uçun, Karlsen 2011 yil iyul oyidan buyon FIDE reytingining birinçi poğonasini egallab kelmoqda. Assaubayevaga qarşi klassik şaxmat bahsida durang qayd etilganida ham uning reytingi 2800 oçkodan pastga tuşişi mumkin edi. Mağlubiyat esa boşqa şaxmatçilarning natijalariga qarab, yetakçilikni yöqotişiga ham sabab bölişi ehtimoldan xoli emas.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing