Nodirbek Abdusattorov Turkiyada ham oltin medalni yutdi

Sport

image

O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat musobaqasida munosib ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, Turkiya superligasi musobaqasida shaxmatchilar jamoalarga bo‘lingan holda 13 raund o‘zaro bahs olib borgan. Abdusattorov “Turk havo yo‘llari” shaxmat klubi tarkibida dona surgan. Nodirbekning jamoasi superliga yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Qo‘shimchasiga, Nodirbek liga yakunida 9 ochko jamg‘arib, ikkinchi doskada shaxsiy ko‘rsartkichlar bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov boshchiligidagi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning 28 iyulidan 10 avgustigacha Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida zafar quchgan edi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2021 yilning dekabr oyida Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tkazilgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing