Nodirbek Abdusattorov kuchli raqib bilan durang o‘ynadi
Sport
−
20 fevral 2023
6564Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli “WR Chess Masters” turnirining 4-tur o‘yinlari ortda qoldi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu turda Hindiston vakili Praggnanandh bilan kuch sinashdi.
Oq donalarda harakat qilgan Abdusattorov yakunda kuchli raqibga qarshi o‘yinni durang bilan yakunladi.
Ortda qolgan to‘rrta turdan so‘ng, Abdusattorov 1 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida 6-pog‘onani egallab turibdi. U peshqadamdan 1 ochkogina ortda qolmoqda. To‘rt turdan so‘ng 3 ochko bilan hamon AQSH vakili Levon Aronyan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
LiveBarchasi