Nodirbek Abdusattorov Xanchjoudagi yurishini muvafaqqiyatli davom ettirmoqda

Sport

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Xanchjou mezbonligida o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining shaxmat dasturi doirasidagi bahslar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov asosiy raqiblaridan biri – xitoylik Yi Veini mag‘lub etdi va medal uchun yana bir katta qadamini tashladi. 

Bu orqali Abdusattorov 5 ta turdan so‘ng umumiy reytingda peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Javohir Sindarov esa tajribali hind sportchisi – Arjun Erigaisidan ustun keldi. Hozirda u 34 sportchi orasida 4-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar dan Umida Omonova singapurlik raqibasini yutgan bo‘lsa, Nilufar Yoqubboyeva hindistonlik Xumpi Koneruga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Bugun yana ikkita raund o‘tkaziladi. Medal egalari ertaga aniq bo‘ladi!


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari shaxmat Nodirbek Abdusattorov Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing