Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda yetakchiga aylanib oldi

Sport

image

Ayni kunlarda Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague Chess Festival 2024” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

Ortda qolgan 4 ta turdan so‘ng Nodirbek 3 ochko jamg‘arib, eronlik Parxam Magsudlu bilan qo‘shhokimlik qilyapti.

3-turda mezbon shaxmatchi David Navarani mag‘lubiyatga uchratgan Abdusattorov 4-turda hindistonlik Gukesh Domarjuga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.

Ma’lumot uchun, bugun, 2 mart kuni 19 yoshli Abdusattorov 5-tur polshalik Mateush Bartelga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi jahon reytingida 8-o‘ringa ko‘tarilib olgani xabar qilingandi. Bir necha kun oldin esa Nodirbek FIDE reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan birinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing