Nitssadagi hujumda ayolning boshi tanasidan judo qilindi

Olam

image

Bugun, 29 oktyabr kuni Fransiyaning Nitssa shahrida qurollangan shaxs odamlarga tashlanib, uch kishini o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Ushbu hujum qurbonlaridan biri bo‘lgan ayol kishining boshi tanasidan judo qilingan. Bu haqda shahar meri Kristian Estrozi BFMTV kanali efirida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qotil "Allohu Akbar" deb baqirgan. 

“Hujumchi Konflan-Sent-Onorin shahridagi terrorchi bilan bir xil usulni qo‘llagan”, deydi mer. 

Shahar rahbari, shuningdek, qurbonlardan biri ruhoniy bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yaqin bir necha soat ichida Nitssaga yetib boradi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum ertalab Notr-Dam nomli mahalliy sobor yonida sodir bo‘lgan. Jurnalistlar bilan muloqot qilgan guvohlarning aytishicha, hibsga olish paytida politsiya jinoyatchini olti yoki yetti marta o‘qqa tutgan. 

Nitssa meri Kristian Estrozi Twitter’da hujumchining hibsga olingani haqida xabar qoldirdi va tezkor harakatlari uchun politsiya xodimlariga minnatdorlik bildirdi. 

Mamlakat Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen vazirlik huzurida ushbu voqea bilan bog‘liq holda inqirozga qarshi shtab tashkil etilganini ma’lum qildi.

Hujumni tekshirishda prokuratura Terrorizm bo‘limi ham ishtirok etadi. 

Hujum mahalliy vaqt bilan 09:00 da sodir bo‘ldi.  Hujumchi voqeadan 10 daqiqa o‘tib hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchisi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatgan bois qotillik qurboni bo‘ldi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uning boshini tanasidan judo qiladi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made