Britaniya va Fransiya elchilari Rossiya TIVga chaqirtirildi

Olam

image

Moskvadagi Buyuk Britaniya elchisi Nayjel Keysi va Fransiya elchisi Per Levi bugun, 6 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda TIVga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi.

Elchilar nima sababdan chaqirtirilgani hozircha ochiqlanmagan. Dastlab Britaniya elchisi Smolenskaya maydonidagi diplomatik binoga kelgan. Nayjel Keysi OAVga izoh bermasdan Tashqi ishlar vazirligi binosiga yo‘l olgan. U ichkarida 30 daqiqacha qolgan va matbuotning savollariga javob bermasdan vazirlikni tark etgan.

Per Levi esa TIVda 40 daqiqaga yaqin vaqt o‘tkazgan va u ham jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortgan.

Fransiyaнинг Moskvadagi elchisi Per Levi

Qayd etish joizki, o‘tgan haftada Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaning Rossiya ichidagi nishonlarga Britaniya qurollari yordamida zarba berishini qo‘llab-quvvatlagan. Kemeron yetkazib berilgan asbob-uskunalardan qanday foydalanish bo‘yicha qaror Ukrainaga tegishli ekanini va Kiyev javob zarba berishga “mutlaq haqli” ekanini aytgan. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Ukrainaga qo‘shin yuborish haqdagi gapini takrorlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yuqoridagi bayonotlar fonida Rossiya yadro quroli bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya Buyuk Britaniya elchi Nayjel Keysi P'er Levi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing