Nishonda 13 yashar bola kanalda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
31 may 2021
6065Joriy yilning 27 may kuni Qashqadaryoda kanalda cho‘milmoqchi bo‘lgan 13 yoshli bola cho‘kib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Soat 13:30 larda Nishon tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan A.A. mazkur fuqarolar yig‘ini xududidan oqib o‘tuvchi R-4 kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, o‘z ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketib vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan hodisa joyi Nishon tumani prokuraturasi tergovchisi O‘.Ashurov tomonidan tezkor-tergov guruhi a’zolari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual rasmiylashtirilgan.
Marhum AA.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlanganida marhumning onasi A.B. va yaqin qarindoshlari tomonidan qat’iy bosh tortganligi sababli dalolatnoma rasmiylashtirilib, ekspertlar ishtirokida tashqi tomonidan ko‘zdan kechirilganida tanasining tashqi tomonidan jarohatlar aniqlanmagan.
Voyaga yetmagan A.A. o‘z ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib cho‘kib ketganligi holati yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Nishon tuman idoralararo komissiyasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi, IIB HPB profilaktika inspektori hamda mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash Nishon tuman bo‘limi mas’ul xodimlariga nisbatan idoraviy xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari tuman prokurori yordamchisi D.Xonniyozov tomonidan olib borilmoqda.
LiveBarchasi