Nishon “zamhokim”i fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari xizmat avtomobilida fuqaroni urib yuborgani va uning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, YTH 30 iyul kuni soat taxminan 23:50 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 avtomobil yo‘lining 12 kilometrida yuz bergan. Haydovchi B.E. Lacetti rusumli avtomashinasida Qarshi tumani “Taxtapul” MFY hududida yo‘lning o‘ng tomondan chap tamoniga piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joyidan kesib o‘tayotgan fuqaro Y.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda Y.A. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan shaxs muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nishon

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing