Nipah virusidan o‘lim darajasi 75 foizgacha baholanmoqda
Olam
−
15:09 2058 1 daqiqa
Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida halokatli Nipah virusining tarqalishi Osiyoning ayrim qismlarida xavotirga sabab bo‘lmoqda. Olimlar virusning davosi yo‘qligi sababli o‘lim darajasini 75 foizgacha baholamoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi.
JSSTga ko‘ra, Nipah virusi hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin. Uni davolash uchun vaksina va dori-darmon yo‘qligi sababli uning o‘lim darajasi yuqori – 40 foizdan 75 foizgacha bahonlanmoqda.
Qayd etish joiz, Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida halokatli Nipah virusining tarqalishi Osiyoning ayrim qismlarida xavotirga sabab bo‘lmoqda va aeroportlarda tekshiruv choralari kuchaytirilgan.
Tailand G‘arbiy Bengaliyadan reyslarni qabul qiladigan 3 ta aeroportda yo‘lovchilarni tekshirishni boshlagan. Nepal ham Katmandu aeroporti va Hindiston bilan boshqa quruqlikdagi chegara punktlariga kelayotganlarni tekshirishni boshlagan.
Xabarlarga ko‘ra, G‘arbiy Bengaliyada 2025 yil dekabr oyidan beri 2 ta tibbiyot xodimida virusli holat tasdiqlangan. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ular bilan aloqada bo‘lgan 196 kishi aniqlangan va virusga test natijalari salbiy chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Nipah virusi bilan bog‘liq vaziyat barqarorligi haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi