Nima uchun COVID-19 erkaklarda ayollarga qaraganda og‘irroq kechishi sababi aytildi
Salomatlik
−
02 may 2020
7916Nega erkaklarda COVID-19 kasalligi ayollarga qaraganda og‘irroq kechadi? Bu savolga javobni rossiyalik shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Alla Minurova aytib o‘tdi.
Minurovaning fikricha, bunga sabab erkaklarda o‘pka gipoksiyasi – qondagi kislorodning kam miqdorda bo‘lishidir. Ushbu sababga ko‘ra pnevmoniyani qo‘zg‘atuvchi kasallik ushbu jins vakillarida og‘irroq kechadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollarda pnevmoniya bilan kechadigan og‘ir kasalliklarda, jumladan, COVID-19 da omon qolish ehtimoli erkaklarga qaraganda ancha yuqori. Shuningdek, shifokorni ta’kdilashicha, qondagi kislorod miqdori fizologiyaga bog‘liq.
“Fanga ma’lumki, o‘tkir gipoksiya va pnevmoniyaning jiddiy namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday kasalliklar ayollarda erkaklarga qaraganda osonroq kechadi. Bu tibbiyot tomonidan isbotlangan haqiqat. Bu bizning fiziologiyamiz — erkak va ayol ekanimizga bog‘liq holat“, deydi Minurova.
Fiziologiyadan tashqari, erkaklar uchun yuqori xavf omillari bu turmush tarzi, deb qo‘shimcha qildi shifokor. Uning aytishicha, erkaklar o‘z sog‘liqlariga kamroq e’tibor berishadi. Aksincha, ayollar esa o‘zlariga yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilishadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 3 402 018 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 083 901 nafari sog‘aygan, 239 622 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 2 078 495 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi