Nima qilishimiz kerak? – Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi (video)

Jamiyat

Kecha, 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu yig‘ilishda Prezident ilk bor butun dunyoga tarqalib, katta xavf tug‘dirayotgan koronavirus haqida so‘z ochdi. 

“Koronavirus to‘g‘risida xalqimiz bilishi kerak. Butun dunyoda, 100 dan ortiq davlatda alomatlari aniqlandi. Mana, Yevropada juda kuchayib ketyapti. Shuning uchun, koronavirusga qarshi e’tiborni ikki karra qaratmasak, ogoh bo‘lmasak, bu xavf-xatar iqtisodiyotni ham, siyosatni ham qandaydir joy-joyiga qo‘yadigan vaqt-soat keldi. Nima qilishimiz kerak? Odamlarimizga ogohlik nuqtai nazaridan qo‘shimcha nima tadbirlar qilishimiz kerak? Qancha mablag‘ kerak?”, deya soha mas’ullariga yuzlandi Prezident. 

Ayni vaqtda qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar aniqlanmaganini ta’kidlamoqda. Agar O‘zbekistonda ushbu virus aniqlangudek bo‘lsa, shifoxonalar va tibbiy vositalar zaxirasi oldindan yaratib qo‘yilgan. 

12 mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar dunyo bo‘ylab 126 300 kishini tashkil etmoqda. Ushbu virusdan vafot etganlar esa 4633 nafarga yetdi. 68 285 kishi esa xastalikdan forig‘ bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev koronavirus

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing