Toshkentda ayanchli YTH: 1 qurbon, 6 jabrlanuvchi bor

Jamiyat

image

Bugun, 26 iyul kuni poytax Toshkent shahrida yuz bergan ayanchli yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi va olti kishi turli darajada jarohat oldi.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, YTH soat 07:20 da Sergeli tumani Birodarlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli Aleksandr Z. 33 yoshli Kamal N. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli Artur B. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli Kamal N. va uch nafar yo‘lovchilar (25 yoshli Zinur M., 30 yoshli Pavel R., 27 yoshli Dmitriy N.), Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli Aleksandr Z. va 55 yoshli yo‘lovchi Marina K. tan jarohatlari olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.

YTH sababi Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sergeli tumani

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing