Niko Uilyams uchun kurashga APL klubi qo‘shildi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi “Atletik Bilbao” vingeri Niko Uilyamsni sotib olmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” jarohat olib, fevralgacha safdan chiqqan Bukayo Sakaning o‘rnini qishki transferlar oynasidayoq “Atletik Bilbao” futbolchisi Niko Uilyams bilan to‘ldirmoqchi. Klub vakillari vingerning agenti bilan bu borada muzokaralar o‘tkazmoqda. “Arsenal” ispaniyalik iqtidor uchun 58 million yevro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida, Nikoning bilbaoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum u klub tarkibida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. 22 yoshli ispaniyalikning narxi “Transfermarkt” portalida 70 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Niko Uil'yams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing