Nikita Rafalovich yarim finalda imkoniyatni boy berdi
Sport
−
26 iyul 2021
2884O‘zbekistonlik taekvondochi Nikita Rafalovich Olimpiya o‘yinlarining yarim finalida iordaniyalik Salex Elsharabatiga qarshi bahs olib bordi va “Oltin daqiqa”larda 11:13 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Endi bronza medal uchun kurash olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan, tahminan, soat 16:45 da boshlanadi.
O‘zbekistonlik taekvondo ustasi avvalgi bosqichda Ozarbayjon vakili hisoblangan dunyoning 2-raqamli taekvondochisi Milad Beigi bilan Tokio Olimpiadasining chorak finalida bahs olib bordi va 12:1 hisobida g‘alaba qozonib yarim finalga yo‘l oldi.
Dastlabki bosqisda, Dominikan Respublikasi vakili Moyzes Ernandes bilan jang o‘tkazkazgan Rafalovich 17:7 hisobida g‘alaba qozongan edi.