Nikimbayevdan yurish: MOQ litsenziyalarni oshirib ko‘rsatgan

Sport

image

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiadasiga qo‘lga kiritilgan litsenziyalar sonini oshirib ko‘rsatgan. Ular aslida 71 emas, 65 ta. Bu haqda O‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi, 2022 yilgi jahon chempionatining menejeri Alisher Nikimbayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi. 

Uning qayd etishicha, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, musobaqada qatnashadigan bir sportchi yoki bitta jamoa yagona litsenziya egasi hisoblanadi. 

“Masalan, 20 futbolchidan iborat futbol jamoasi bitta litsenziya sifatida hisoblanishi kerak va ular qo‘lga kiritgan medal ham yagona sanaladi.

Shunday qilib, badiiy gimnastikada 6 nafar qizimiz 2 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi: bittasi shaxsiy musobaqada va bittasi jamoada. Xuddi shuningdek, eshkak eshishda ham: eshkak eshish sportida ikki yigit ikkita alohida ishtirokchi sifatida qayd etilmasligi kerak. Chunki ular bitta jamoa hisoblanadi. Yuqoridagilar bilan taqqoslaganda, MOQ matbuot xizmati dzyudoning aralash jamoasini 6 ta litsenziya sifatida hisoblamaganligi ajablanarli.

Kanoeda eshkak eshish yanada qiziqarli, bu yerda ikki qiz ikki martadan hisoblanib, bir vaqtning o‘zida ishtirokchilar soni ko‘paytirilgan. Xuddi shu tarzda, Muxtasar Toxirova ikki marta sanab o‘tildi, u Tokioda ikki turdagi dasturda qatnashadi.

Agar bittalab hisoblasangiz, unda Tokiodagi sportchilar 71 emas, 67 nafarga yetadi va ular 65 ta litsenziyaga ega”, deya yozgan Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, noto‘g‘ri ma’lumot olinishi natijasida Xalqaro Suzish Federatsiyasi Olimpiadaga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik suzuvchilarga sanksiya qo‘llagani hamda vaziyat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotgani haqida xabar bergan edik. Biroq vaziyat o‘zgarmagan va yakunda o‘zbekistonlik suzuvchilar atigi ikkita yo‘llanmaga ega bo‘lgan edi.

 Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi joriy yilning 20 iyul kuni Tokio shahriga yetib borgan va PSR testini topshirib bo‘lgach, Olimpiya shaharchasiga kiritilgan. Joriy Olimpiyada o‘yinlarida O‘zbekistondan 17 sport turi bo‘yicha 67 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Lekin yo‘llanmalar soni 71 tani tashkil qiladi. 2016 yilgi Rio Olimpiadasida esa 14 sport turi bo‘yicha 70 nafar sportchi bahslarda qatnashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Olimpiya o'yinlari Tokio-2020 Alisher Nikimbaev

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing