Niqobdan nima foyda? Davlat nega niqob uchun “kurashmoqda”

Bu qiziq

image

Koronavirus pandemiyasi boshlangan ilk davrlarda ko‘plab mamlakatlar karantin choralarini mensimadi, ayrim mamlakatlarda, hatto, niqob taqish bo‘yicha talabga qarshi chiqildi. Vaqt o‘tgach, niqob taqish o‘zini oqladi va bir qator mamlakatlarda niqob majburiy etib belgilandi. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov niqob taqishning ahamiyati haqida gapirdi: 

“Kasallik qo‘zg‘atuvchisi organizmga uchta yo‘l bilan kiradi: og‘iz, burun va ko‘zning shox pardasi. Agar kasallik qo‘zg‘atuvchisi ifloslangan qo‘limiz bilan ko‘zimizga tegish orqali kiradigan bo‘lsa, qolgan ikkita yo‘lda havo-tomchi bilan nafas yo‘llarimiz orqali kiradi. Demak, niqobni og‘iz va burunni yopish uchun ishlatiladi. U dahanni yopish, quloqqa ilib qo‘yish yoki nomiga og‘izni yopib, burunni ochib qo‘yish uchun ishlatiladigan narsa emas. Asosiy maqsad – kasallik kiradigan yo‘lni yopish”. 

Niqob taqish bo‘yicha odamlar orasida turli e’tirozlar tarqalmoqda. Kimdir bu befoyda desa, yana boshqa birov niqobni sog‘lom odam emas, balki bemorlar boshqalarga yuqtirmaslik uchun taqishi kerak degan fikrni ilgari surmoqda. Otabekov brifingda ushbu masalaga ham to‘xtaldi. 

“Niqob haqida fikrlar ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoki mutasaddi tashkilotlar niqob o‘rniga nima taklif berdi? O‘rniga o‘rin hech narsani taklif qilayotgani yo‘q. 

Endi masalani o‘zimiz sinagan usullar bilan ko‘raylik: bitta jamoada bir necha odam kasal bo‘lyapti, niqob taqib yurganlar sog‘lom. Demak, niqobning samarasi haqida bizda ishonch bor. Shunday ekan, bunga nisbatan yondashuvni o‘zgartirishimiz kerak. Bizning maqsadimiz kimnidir jarimaga tortish emas”, deydi Otabekov.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Nurmat Otabekov niqob

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing