Germaniyada niqob bilan rulga o‘tirish taqiqlandi
Olam
−
24 avgust
1719Germaniyada avtomobillarni niqob kiygan holda boshqarish taqiqlandi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Koblens shahar Oliy ma’muriy sudi rahbariyati avtomobil haydash paytida niqob kiyish barcha yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligiga tahdid solishini bildirgan.
Gazetaning yozishicha, Reynland-Pfals federal o‘lkasidan bo‘lgan musulmon ayol mazkur qarorga norozilik bildirib da’vo qilgan. U mashina haydash paytida niqob kiyishni taqiqlash uning diniy huquqlarini buzishini aytgan. Ayol o‘z huquqlarini talab qilib, yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat bilan murojaat yo‘llagan. Biroq ayol murojaat qilgan barcha organlardan yordam ololmagan hamda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Germaniyada qo‘llaniladigan umumiy qoidalarga ko‘ra, haydovchilar yuzlarini tanib bo‘lmaydigan tarzda yashirishi mumkin emas. Sud niqob taqiqini konstitutsiyaviy asosli va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqilganligini tasdiqlagan.
Sud joriy cheklov arizachiga o‘z e’tiqodiga amal qilishiga to‘sqinlik qilmasligini, mashina haydash o‘rniga undan avtobus va poyezdlardan foydalanish yoki mototsikl minishni taklif qilgan. Qayd etilishicha, taqiq ushbu turdagi transport vositalariga taalluqli emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘iston muftiyati respublikada tahdidlar bartaraf etilguniga va yangi diniy xulosa chiqarilgunga qadar niqob kiyishni vaqtinchalik taqiqlaganini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi