Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi
Jamiyat
−
28 mart 2019
9334O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi o‘zi tahsil olgan 249-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.
O‘tgan haftada Prezident Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, Bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da’vat etgan edi.
Senat Raisi maktabga tashrifi davomida ta’lim muassasasi mehnat jamoasi va o‘quvchilar bilan kitobning inson shaxsi va ma’naviyati shakllanishidagi ahamiyati xususida bevosita muloqot ham o‘tkazdi.
LiveBarchasi