Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligida g‘allaning yetarliligi va narxiga javobgar Respublika shtabi tuzildi

Jamiyat

image

G‘allani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bug‘doy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Quyidagilar Respublika shtabining (N.Yo‘ldoshev) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

•    bug‘doyni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish ustidan nazorat mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;

•    g‘allani o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish, daladan don qabul qilish shoxobchalariga nest-nobud qilmasdan olib kelish va grafik asosida birja savdolariga chiqarish ishlarini tashkil etish;

•    taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida hududdagi iste’mol talabi uchun zarur bo‘lgan un va un mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlaridan va chetdan olib kelish hamda "O‘zdonmahsulot" AK tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari saqlab qolinishini nazorat qilish;

•    g‘allani tasdiqlangan grafik asosida birja savdolariga chiqarish hamda to‘lovlarning amalga oshirilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatish;

•    g‘allani sotib olish va sotish bo‘yicha yangi tizim shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bug‘doy yetishtiruvchilar Manfaatdorligini ta’minlash.

G‘allani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bug‘doy yetishtiruvchilar manfaatdorligink ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi 
TARKIBI

1. N.T. Yo‘ldoshev – Bosh prokuror, Respublika shtabi rahbari

2. J.A. Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika shtabi
rahbarining o‘rinbosari

3. Sh.M. G‘aniyev — Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika shtabi
rahbarining o‘rinbosari

4. B.T. Turabov — Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

5. J.A. Xo‘jayev — qishloq xo‘jaligi vaziri

6. T.A. Ishmetov — Moliya vaziri

7. P.R. Bobojonov — Ichki ishlar vaziri

8. R.M. Jo‘rayev – Milliy gvardiya qo‘mondoni

9, Sh.D. Qudbiyev — Davlat soliq qo‘mitasi raisi

10. I.I. Norqulov — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

11. A.Ya. Haydarov — Moliya vaziri o‘rinbosari

12. A.V. Vahobov — Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish
inspeksiyasi boshlig‘i

13. A.J. Ortiqov — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

direktori

14. Sh.Sh. Shorahmedov — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi

15. B.E. Zohidov — Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

16 S.A. Nishonboyev — Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

17. Sh.J. Rahimov — Bosh prokuror o‘rinbosari

18. D.F. Rahimov — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i

19. A.A. Isroilov — Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori

20. 3.B. Badriddinov — "O‘zRTXB" AJ boshqaruvi raisi

21. Sh.A. Uzoqov — "O‘zdonmahsulot" AK boshqaruvi raisi v.b.

22. Lavozimiga ko‘ra — Respublika tijorat banklari rahbarlari

23. Lavozimiga ko‘ra — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Raisi va viloyatlar hokimlari

24. Lavozimiga ko‘ra — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar
Prokurorlari

Izoh: Respublika shtabi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga Ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

bug'doy

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing