Nigeriyalik futbolchilar aeroportda 12 soat suv va ovqatsiz qoldi
Sport
−
14 Oktabr
716815 oktyabr kuni Liviyaga safarda bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar Kubogi saralash o‘yini oldidan Nigeriyani juda yomon syurpriz kutib oldi. Nigeriyaliklar Liviyaga yetib kelganida aeroportda 12 soatdan ko‘proq vaqt davomida hibsga olindi. Bu haqda “The Eagle Online” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra. Viktor Bonifese, Aleks Ivobi, Tayvo Avoniyi, Uilfred Ndidi va Ademola Lukman kabi futbolchilar o‘z “ozodlik”larini kutib, aeroportda uxlashga majbur bo‘lgan.
Ularning aeroportdan olingan suratlari tezda ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi va nigeriyaliklarning 12 soat davomida ovqat, ichimlik va telefon xizmatidan foydalana olmagani hammani hayratda qoldirdi.
“Bu futbol emas. Juda yoqimsiz holat. Jamoa 12 soat davomida garovda turdi. Sharmandalik”, deydi terma jamoa a’zosi Ndidi.
Qayd etilishicha, Nigeriya futbol federatsiyasi Afrika futbol konfederatsiyasini uchrashuvga safar paytida yuzaga kelgan holat uchun saralash o‘yinini boykot qilish bo‘yicha xabardor qilgan.
LiveBarchasi