Nigeriyadagi toshqinlar oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Olam

image

Nigeriyada davom etayotgan kuchli suv toshqinlari qurbonlari soni 195 kishiga yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligiga tayanib, “Punch” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, suv toshqini qurbonlari soni 195 kishiga yetgan. Nigeriya Favqulodda vaziyatlar agentligi vakili Manzo Ezekiel Benue daryosi yaqinidagi hududlar aholisini suv sathi ko‘tarilayotganidan ogohlantirib, uylarini tark etishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Nigeriya hukumati mamlakatda davom etayotgan suv toshqinlari sababli bir qator shtatlardan aholini evakuatsiya qilishni boshlagani haqida ogohlantirgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyi o‘rtalarida Afrikaning markaziy va g‘arbiy qismida suv toshqinlari sabab 70 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 700 ga yaqin kishi jarohatlangan. Suv toshqinlari 25 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlariga ham zarar yetkazgan, to‘rt ming boshdan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamandagi suv toshqinlari oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made