Nigeriyadagi kuchli suv toshqinida yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi
Olam
−
31 may 2025 3168 1 daqiqa
Nigeriyada yuz bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 117 kishiga yetdi. Bu haqda Nigeriya Favqulodda vaziyatlar xizmati vakili Ibrohim Audu Husayn ma’lum qildi.
Uning aytishicha, to‘fonlar 28 may kuni kechda boshlangan va 29 may kuni ertalabgacha davom etgan. Bildirilishicha, qurbonlar soni yanada oshishi mumkin, chunki ko‘plab odamlar Nigeriya daryosiga oqib ketgan va ularning jasadlari hali ham suv ostidan oqim bo‘ylab topilmoqda. Mamlakat hududida esa qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rgan joy sifatida Mokva shahrining Tiffin Maza va Anguvan-Hausa hududlari qayd etilgan.
Bundan tashqari, hozirda bir nechta odam bedarak yo‘qolgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 3 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan. Toshqin kuchli va uzoq davom etgan yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yoqqan kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq oqibatida kamida 45 kishi vafot etgandi. O‘limlar asosan Kasganj va Fatehpur tumanlarida ro‘y bergan.
Live
Barchasi