Nigeriyada suv toshqinlari kamida 49 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, minglab odamlar uysiz qoldi

Olam

image

Nigeriya shimoli-sharqida kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv toshqini sabab kamida 49 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar uy-joyini tark etdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi matbuot kotibi Manzo Ezekielga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqidagi uchta shtat, Jigava, Adamava va Taraba toshqinlardan qattiq zarar ko‘rdi, 41,344 kishi boshqa joyga ko‘chirilgan.

Suv toshqinlari, shuningdek, 693 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilgan. Ayni paytda Nigeriya oziq-ovqat narxining yuqoriligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, kuchli yomg‘irlar dehqonchilikdagi muammolarni yanada kuchaytirgan. Dehqonlar qurollangan shaxslarning takroriy hujumlari tufayli o‘z fermalarini tashlab ketishmoqda.

“Bizda hali sentyabr va oktyabr bor. Sentyabrda avgust oyiga qaraganda yomg‘ir ko‘proq yog‘adi, o‘sha vaqtga yetganimizda vaziyat qanday bo‘lishini faqat Xudo biladi”, dedi Manzo Ezekiel.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Nigeriyada so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli suv toshqini kuzatilgan. Unda 600 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 1,4 millionga yaqin kishi ko‘chirilgan, shuningdek suv toshqini 440,000 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamanda suv toshqini 60 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made