Nigeriyada masjid qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Nigeriyaning Kaduna shtatidagi Zariya shahrida masjid qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Zariya shahar kengashi matbuot kotibi Abdullahi Kvarbayning aytishicha, voqea kecha, 11 avgust kuni shahar markaziy masjidida yuzlab odamlar namoz o‘qiyotgan paytda sodir bo‘lgan.

“Dastlab to‘rt kishining jasadi topildi, so‘ngra qutqaruv guruhi tomonidan masjid vayronalari ostidan yana uch nafar odam topildi”, deya bayonot bergan Abdullahi Kvarbay.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p odamlar yashaydigan Nigeriyada binolarning qulashi tez-tez sodir bo‘lib turadi. Sababi u yerda uylar qurilishida xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilinmaydi va odatda sifatsiz qurilish materiallaridan foydalaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Nigeriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing