Nigeriyada kema ag‘darilib, 150 dan ortiq odam cho‘kib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Nigeriyaning Kebbi shtatida Niger daryosi bo‘ylab yo‘lovchilarni olib ketayotgan liq to‘la kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatlarga asoslanib xabar berilgan. 

Kema 80 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa ham, 180 ga yaqin odamni olib ketayotgan bo‘lgan. Unda, shuningdek, oltin ishlab chiqaradigan kondan olingan qum xaltalari bo‘lgan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 20 nafar yo‘lovchi qutqarilgan, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Yana 156 kishi hali topilmagan, ular cho‘kib ketgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. 

Nigeriyada kemalarga haddan tashqari ko‘p odam olinishi, qoniqarsiz texnik xizmat va noqulay ob-havo sharoiti sababli ko‘pincha kichik kemalar cho‘kib ketadi. Kebbi shtatidagi halokat esa so‘nggi yillardagi eng katta voqealardan biriga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Nigeriya

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing