Nigeriyada qurollangan shaxslar 227 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi

Olam

image

Kecha, 7 mart kuni Nigeriyada qurolli shaxslar Kaduna shtati shimolidagi Kuriga shahrida 227 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, jangarilar ertalabki yig‘ilishdan keyin maktabga hujum qilgan. O‘qituvchilardan biri Sani Abdullohiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘rta maktabdan o‘g‘irlanganlar soni 187 nafar, boshlang‘ich maktabdan esa 40 nafarga yaqin. Kuriga shahar kengashi deputati Idris Mayalluraning aytishicha, jangarilar dastlab 100 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisini qo‘lga olgan, biroq ular bolalarning bir qismini qo‘yib yuborgan, boshqalar esa qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Shtat gubernatori Uba Sani barcha maktab o‘quvchilarining ozod etilishini ta’minlashga va’da bergan. Amnesty International Nigeriya hukumatini bolalarni qutqarib, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, 2014 yilda “Boko Haram” terrorchilik guruhi Nigeriya shimolidagi Chibok shahrida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan. 2021 yil holatiga ko‘ra, ulardan 100 dan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Save the Children tashkiloti 2021 yilning yanvar-avgust oylari orasida Nigeriyada 1000 dan ortiq bola o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing