Nigeriyada bir oilaning 24 a’zosi ovqatdan zaharlanib, vafot etdi

Olam

image

Nigeriyaning Sokoto shtatida bir oilaning 24 a’zosi ovqatdan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Sokoto shtati sog‘likni saqlash komissari Ali Inname bir oilaning 24 a’zosi o‘limini tasdiqlagan. Komissar bayonotiga ko‘ra, hodisa joriy yilning 9 avgust kuni Sokotodagi Danzanke qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 24 kishini o‘limiga ovqatga osh tuzi o‘rniga kimyoviy modda qo‘shilishi sabab bo‘lgan. 

“Afsuski, bu ovqatni yegan butun oila vafot etdi. Faqatgina ovqatni tatib ko‘rgan ikki ayol tirik qolgan va hozirda shifoxonada davolanmoqda. Qolganlarni esa hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi”, deydi Ali Inname. 

Komissar jamoatchilikni bu voqeadan saboq olishga va bunday kimyoviy moddalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

U, shuningdek, chivinlar sonini kamaytirish uchun atrof-muhitni toza saqlash, suv ifloslanishini oldini olish uchun quduqlar qopqog‘ini yopishga hamda muntazam ravishda qo‘llarni sovun bilan yuvishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish Nigeriya

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing