Nigeriyada bir emas ikkita mahalliy vaksina ishlab chiqildi
Olam
−
23 mart 2021
3618Nigeriyalik olimlar koronavirusga qarshi ikkita vaksina ishlab chiqdi va ular klinik sinovdan o‘tadi. Bu haqda mahalliy “Vanguard” gazetasi mamlakat Prezidentining COVID’ga qarshi kurash ishchi guruhiga tayanib xabar bermoqda.
“Nigeriyalik olimlarning klinik sinovlar va sertifikatlashni kutayotgan kamida ikkita COVID-19ga qarshi mahalliy vaksina ishlab chiqqanligi haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega”, deyiladi ishchi guruh bayonotida.
Nigeriya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 161,868 ta virusni yuqtirish holatlari aniqlangan. Shundan 2030 kishi vafot etgan, 148 mingdan ortig‘i sog‘aygan.
Nigeriya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi orqali AstraZeneca vaksinalarini qabul qildi va ushbu dastur orqali mamlakat 84 million doza vaksinani bepul oladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Nigeriyaning 200 milliondan ortiq aholisi bor.
LiveBarchasi