Nigeriyada AQSH elchixonasining bir necha xodimi o‘ldirildi – OAV
Olam
−
17 may 2023
9534Nigeriyada insonparvarlik yordami bilan borgan AQSH elchixonasi xodimlari hujumga uchradi. Oqibatda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, jarohatlanganlar ham bor. Bu haqda “Daily Trust” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa Nigeriya janubidagi Anambra shtatida sodir bo‘lgan. Amerika elchixonasi xodimlari u yerga gumanitar missiya bilan borgan. Ular Ogbaru aholi punkti yaqinida o‘qqa tutilgan. Hozircha AQSH elchixonasi xodimlarining o‘limi haqidagi xabarlar rasman tasdiqlanmagan.
Nashrning qayd etishicha, mintaqada bunday hujumlar vaqti-vaqti bilan Nigeriyadan janubi-sharqiy yerlarning bir qismidan ajralib chiqish tarafdori bo‘lmish “Biafra tub aholisi” separatistik tashkilot a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
Shunday hujumlardan biri joriy yilning yanvar oyida Nigeriya janubi-sharqida Imo shtatining sobiq gubernatori Ikedi Ohakimning kortejiga qarshi uyushtirilgan. Qurollangan shaxslar konvoyga qarata o‘t ochish orqali uni to‘xtatishga harakat qilgan. Hujumchilar sobiq gubernator xavfsizlik xizmatining to‘rt nafar xodimi bo‘lgan mashinaga o‘t qo‘ygan. Oqibatda ularning hammasi vafot etgan.
LiveBarchasi