Nigerda minglab namoyishchilar Fransiya elchixonasiga hujum qildi (video)

Olam

image

Nigerda minglab namoyishchilar Fransiya elchixonasiga hujum qildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy to‘ntarish tarafdorlari Nigerdagi xorijiy bazalarni yopishni talab qilgan. Ular mamlakat poytaxti Niameydagi Fransiya diplomatik vakolatxonasiga hujum qilgan.

“Xuntani qo‘llab-quvvatlayotgan va sobiq fransuz mustamlakasiga qarshi chiqqan namoyishchilar ushbu mamlakat diplomatik missiyasi eshigiga o‘t qo‘yib, ichkariga kirishga harakat qildi”, deyiladi “Associated Press” xabarida.

O‘z navbatida, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakati manfaatlari va fuqarolariga qilingan hujumga toqat qilmasligi, bundan tashqari, keyingi javob darhol va qat’iy bo‘lishini aytib ogohlantirgan.

Hozirda Nigerda 500 dan 600 gacha fransuz fuqarolari bor.

Eslatib o‘tamiz, Nigerda 26 iyul kuni harbiylar isyoni boshlangandi. Mamlakatda vaziyat qanday boshlangani, voqealar rivojini QALAMPIR.UZ jurnalistining quyidagi maqolasida o‘qishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya elchixona Niger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing