Niger AQSH fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi
Olam
−
25 dekabr 2025 3360 1 daqiqa
Niger javob chorasi sifatida AQSH fuqarolariga viza berishni taqiqladi. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, Nigerning ANP axborot agentligi xabar berdi.
“Niger AQSHning barcha fuqarolariga viza berishni to‘liq va qat’iy ravishda taqiqlaydi hamda noma’lum muddatga AQSH fuqarolarining o‘z hududiga kirishini man etadi”, deya manba so‘zlarini keltiradi agentlik.
Qayd etilishicha, ushbu taqiq Vashingtonning Nigerni fuqarolariga mamlakatga kirish uchun viza berilmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritish qaroriga javoban joriy etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy mamlakatga kirishi to‘liq taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini kengaytirgandi. Unga Burkina-Faso, Mali, Niger, Janubiy Sudan, Suriya, Laos va Serra-Leone ham qo‘shildi.
Live
Barchasi