Niderlandiyalik ekspertlar ham Sardoba falokatiga kuchli shamol va yog‘ingarchilikni sabab qilib ko‘rsatdi

Jamiyat

image
Sardoba falokatida aybdorlar qachon ma’lum qilinishi aytildi north_east

Sardoba falokatida aybdorlar qachon ma’lum qilinishi aytildi

Niderlandiyaning “Deltares“ tahlil markazi Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda kecha, 17 may kuni “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot Sandjay Giri, Gennadiy Donchits va Mark Xegnauer mutaxassislar guruhi tomonidan o‘tkazilgan.

Hisobot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘onning buzilishiga ko‘p miqdordagi yog‘ingarchilik, kuchli shamol yoki ichki quvurlarning eroziyasi sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar suv resurslarini maqbul boshqarish zarurligini inobatga olib, barcha tabiiy (gidrometeorologik, geomorfologik) hodisalarni, shuningdek texnogen tadbirlar va suv infratuzilmasini hisobga olgan holda suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha harakatlar juda muhim deb hisoblaydilar.

Ma’lumot uchun, “Deltares“ suv va mineral resurslar bo‘yicha mustaqil amaliy tadqiqotlar instituti hisoblanadi. Markaz Niderlandiyaning Delft va Utrext shaharlarida joylashgan. Institutda 800 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. U odamlar, atrof-muhit va jamiyat uchun aqlli yechimlar, yangiliklar va ilovalar ustida ishlaydi. Asosiy e’tibor deltalar, qirg‘oqbo‘yi zonalari va daryo havzalariga qaratilgan. Ijtimoiy masalalarni global kun tartibiga olib chiqadigan yangi yechimlarni taklif qiladi. Niderlandiya instituti hukumatlar, korxonalar, boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlar bilan hamkorlikda ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing