Niderlandiya “Gollandiya”dan rasman voz kechdi
Olam
−
02 yanvar 2020
9397Avvalroq, Niderlandiya hukumati mamlakatning ikkinchi nomi – “Gollandiya”dan butunlay voz kechishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.
Kecha, 1 yanvardan boshlab “Gollandiya” Niderlandlar davlatini belgilovchi nom sifatida rasman bekor qilindi. Bu haqda NOS radiostansiyasi xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat, oliygohlar, xususiy kompaniyalar, shuningdek, bosma nashrlar endilikda "Niderlandlar" nomidan foydalanishlari lozim. Hukumatga ko‘ra, bunday choralar ushbu joyning narkotik va fohishabozlik bilan bog‘liq obrazidan xalos bo‘lishiga yordam beradi.
Bundan tashqari, mahalliy hukumatga ko‘ra, bu qaror turistik oqimni qayta taqsimlaydi, negaki ayni vaqtda turistlarning aksariyat qismi aynan tarixiy Gollandiya – Amsterdam, Xarlem va Gaagaga keladilar - va bu shaharlar turistlar oqimini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Mamlakat nomini qayta isloh qilish qirollik byudjetiga 200 ming yevroga tushadi.
LiveBarchasi