“Nihoyat!” Qozog‘istonlik sportchi O‘zbekistondan qarzini undirdi
Sport
−
15:15 3527 1 daqiqa
Qozog‘istonlik yengil atletikachi Adelina Zemsga 2025 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa hamda “Ipak yo‘lidan Tokiogacha” turniridagi qolib ketgan mukofot pullari to‘lab berildi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida bu haqda ma’lum qildi.
“Do‘stlar, nihoyat shunday bo‘ldi! Biz o‘tgan yili Toshkentda qo‘lga kiritgan g‘alabalarimiz uchun O‘zbekiston federatsiyasidan mukofot pullarini oldik! Masala hal bo‘ldi”, deb yozdi Adelina Zems.
Qozog‘istonlik atletning ma’lum qilishicha, sportchiga 1500 dollar miqdorida mukofot puli to‘langan.
Ma’lumot uchun, 2025 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Osiyoning besh karra chempioni ikkita turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada u o‘zining asosiy yo‘nalishi – 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
“Ipak yo‘lidan Tokiogacha” xalqaro turnirida esa Zems uchta oltin medalga sazovor bo‘lgandi. U 400 metrga to‘siqlar osha yugurish, ayollar o‘rtasidagi 4x400 metrli estafeta hamda 4x400 metrli aralash estafetada g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi