Ngannu menga yaxshiroq qarshilik qiladi deb o‘ylagandim – Joshua
Sport
−
09 mart 2024
3323Britaniyalik sobiq og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Entoni Joshua kamerunlik sobiq UFC kamari sohibi Fransis Ngannu bilan yakunlangan jang haqida fikr bildirdi. Jangda raqibini ikki marta nokdaunga uchratgan Joshua 2-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.
“Men chempionlik sari yo‘lda edim va bu jangni tezroq ijobiy yakunlashim kerak edi. Uning Fyuri bilan jangini ko‘rganimda, “Ha, bu yigit men bilan kurasha oladi”, deb o‘yladim. U ajoyib jangchi va yaxshigina natijasi bor, lekin boksda g‘olib bitta. Kelgusida Ngannu boksdagi faoliyatini davom ettira oladi”, deydi Joshua.
Entoni Joshua bilan jang 2023 yil boshida UFC'ni tark etgan Fransis Ngannu uchun professional boksdagi ikkinchi to‘qnashuv bo‘ldi. O‘tgan yili 28 oktyabr kuni Ngannuning boks qoidalari bo‘yicha WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri bilan bo‘lib o‘tgan birinchi professional jangida imkoniyatni boy bergandi.
LiveBarchasi