Ngannu Klichko bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Og‘ir vaznda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, salkam 49 yoshdagi ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga qarshi jang o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Ngannu “Sportsbookreview”ga bergan intervyusida aytdi.

“Shartnomam tugashiga yana bir nechta janglar qoldi. Riko Verxoven bilan jang qilish varianti bor, lekin aniq bir narsa deya olmayman. Derek Chisora ​​va Vladimir Klichko kabi variantlar ham bor. Men, albatta, boksda jang qilishni xohlayman va men har qanday variantga ochiqman”,  deydi Ngannu.

Ma’lumot uchun, Ngannuning so‘nggi rasmiy jangi 2024 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tgan va unda u braziliyalik Renan Ferreyrani mag‘lub etib, og‘ir vazn toifasida PFL chempioniga aylangandi. Klichko esa 2017 yilda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga 11-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgach, boksdagi faoliyatini yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Klichko Frensis Ngannu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing