Sobiq UFC chempioni 17 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu Kamerunda avtohalokatga uchradi va oqibatda 17 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda “Le Bled Parle” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ngannu mototsiklda harakatlanib ketayotgan vaqtda 17 yoshli Nsama Brijit Manuyella ismli qiz bilan to‘qnashib ketgan. Ngannu qizni tezda shifoxonaga olib borgan. Biroq, shifokorlaning harakatlariga qaramay, qiz vafot etgan. 

Sportchi sodir bo‘lgan voqeadan chuqur qayg‘uga tushgani va qizning oilasiga moddiy yordamini ayamasligini ma’lum qilgan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi borasida aniq ma’lumotlar oshkor etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kamerun UFC avtohalokat Frensis Ngannu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing