Ronaldu Bahodir Jalolovni hayron qoldirdi

Sport

image

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida britaniyalik bokschi Tayson Fyuri va sobiq UFC jangchisi Frensis Ngannu o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Fyuri-Ngannu jangini tomosha qilishga va jang oldi tadbirlarda ishtirok etishga o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov ham taklif etildi.

Jangdan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan dunyo sporti yulduzlari ishtirokidagi marosimlarda o‘zbekistonlik bokschi ham ishtirok etdi. Jalolov QALAMPIR.UZ'ga Riyodda Krishtianu Ronaldu bilan ko‘rishgani va portugaliyalik yulduz bilan nima haqida suhbat qurganini ma’lum qildi.

“To‘g‘risi, Ronalduni o‘zi yonimga kelib mendan ertaga ringda jang qilish yoki qilmasligimni so‘radi. “Yo‘q, tushmayman”, deb javob berdim. Ochig‘i, hayron bo‘ldim, chunki Ronaldu mendan bu haqda so‘raydi deb o‘ylamagandim”, deydi Jalolov.

Ta’kidlash joiz, Fyuri-Ngannu jangi boks qoidalari asosida o‘tkazildi. 10 raund davom etgan jang yakunida Buyuk Britaniya vakilining qo‘li baland keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Bahodir Jalolov Frensis Ngannu Tayson Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing