Neymarsiz “Al-Hilol” “Navbahor”dan ustun keldi, “Paxtakor” esa muhim g‘alabaga erishdi

Sport

image

Kecha, 28 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) 5-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Namanganda “Navbahor” Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini qabul qilgan bo‘lsa, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi BAAda “Al-Ayn” bilan kuch sinashdi.

Samvel Babayan shogirdlari Neymarsiz O‘zbekistonga kelgan Saudiya klubiga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlardan gollarga 68-daqiqada Malkom va 85-daqiqada Al Dosari mualliflik qildi. 

Maksim Shatskix murabbiyligidagi “Paxtakor” esa muhim pallada g‘alabaga erishdi. Safarda o‘z guruhi peshqadami bilan kuch sinashgan Toshkent klubi 3:1 hisobida raqiblaridan ustun keldi. “Paxtakor” jamoasi safida gollarga Hojimat Erkinov va Dragan Cheran mualliflik qildi. BAA vakillarining golini esa Muhammad Xalfan kiritdi.

Shunday qilib, 5 ta turdan keyin “Navbahor” “D” guruhida 10 ochko bilan 2-o‘rinni egallaydigan bo‘ldi. Mazkur guruhda 1-o‘rinni “Al-Hilol” muddatidan oldin o‘zi uchun kafolatlab qo‘ydi. “Paxtakor” esa 7 ochko bilan “A” guruhida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Al-Ayn” esa 12 ochko bilan kvartet peshqadamligini naqd qildi. Endi “sherlar” guruhdan chiqishi uchun so‘nggi turda g‘alaba qozonishi bilan birgalikda “Sharja”,“Al Sadd” va “Persepolis”ning ochko yo‘qotishini kutishga majbur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Navbahor Maksim Shatskix Al-Hilol Hojimat Erkinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing