Neymarning otasi futbolchining PSJdan ketishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Sport

image

Braziliyalik futbolchi Neymar PSJ klubini tark etish niyatida emas. Uning otasi va agenti Neymar da Silva Santos o‘g‘lining Fransiya klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

“Bu xabarni tasdiqlay olmayman. “L'Equipe” – bu feyk”, deydi futbolchining otasi.

Anchadan buyon xorij OAVda braziliyalik futbolchining PSJni tark etishi bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, Parij klubi muxlislari Neymarni jamoadan ketishini istamoqda. Hatto PSJ muxlislari bir necha bor braziliyalik futbolchining uyi oldida norozilik namoyishlari o‘tkazdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning “Barselona” klubi Neymarning ehtimoliy transferi imkoniyatlari mavjudligiga qaramay, uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida emasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing