Neymar Saudiya klubi taklifini rad etdi
Sport
−
31 may 2023 4207 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Neymar mo‘maygina taklif bo‘lishiga qaramay, Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynashni istamayapti. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi braziliyalik futbolchiga 400 million yevrolik taklif bilan chiqqan, biroq futbolchi rad javobini bergan.
Neymarga Saudiya klubidan tashqari Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, PSJ ish haqi xarajatlarini kamaytirish uchun Neymarni sotishga tayyor. Qolaversa, klub uning xatti-harakatlaridan unchalik mamnun emas.
Neymar 2017 yildan beri PSJ safida to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Live
Barchasi