Neymar operatsiya qilindi
Sport
−
03 noyabr 2023 3858 1 daqiqa
“Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Neymar o‘z vatanida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Hammasi yaxshi o‘tdi. Barchaga katta rahmat. Endi bor e’tiborimni tiklanishga qarataman”, deydi Neymar o‘z Instagram'iga shifoxonada olingan suratni ilova qilib.
Neymar 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida Urugvay bilan o‘yinda (0:2) jarohat olgan edi. Neymarning tiklanishi uchun taxminan 10 oy kerak bo‘ladi. Shu tariqa, braziliyalik to‘p ustasining bu mavsumda boshqa maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori.
Futbolchi yozgi transfer oynasida “Al-Hilol”ga o‘tgandi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik Saudiya Arabistoni chempionatida uchta o‘yinda qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.