Neymar faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Santos” yulduzi Neymar tez orada AQSH chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin orada “Sinsinnati” klubiga o‘tishi mumkin. Amerika jamoasi vakillari hujumchi bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. Klub rahbarlari jamoani jahon miqyosidagi yulduzni qo‘lga kiritish uchun barcha resurslarga ega deb hisoblaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Neymarning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan. U o‘z vatani jamoasida 2025 yildan beri safida to‘p tepib kelmoqda. Bungacha braziliyalik hujumchi “Al-Hilol”, PSJ va “Barselona” klublarida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymarning sobiq oshpazi uni sudga bergani ma’lum qilingandi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Neymar MLS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing