Neymarni sobiq oshpazi sudga berdi

Sport

image

Braziliyaning “Santos” klubi futbolchisi Neymarning sobiq shaxsiy oshpazi futbolchini sudga berdi va 43 ming yevro to‘lashga majbur qildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, futbolchining sobiq oshpazi braziliyalik yulduzni sudga bergan. U Neymar va uning do‘stlari uchun futbolchining villasida ovqat tayyorlash jarayonida mehnat shartnomasidan tashqari juda uzoq vaqt ishlashga majbur bo‘lganini va buning oqibatida jismoniy jarohatlar olganini da’vo qilgan.

Oshpazning aytishicha, u ko‘pincha kuniga 16 soatgacha, ba’zan yarim tungacha – Neymar va 150 dan ortiq mehmon uchun ovqat tayyorlagan. Holbuki, uning shartnomasiga ko‘ra ish vaqti dushanbadan payshanbagacha soat 07:00 dan 17:00 gacha, juma kuni esa 16:00 gacha bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, u dam olish kunlari ham ishlashga majbur bo‘lganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, haddan tashqari ish yuklamasi jiddiy bel og‘rig‘i va son bo‘g‘imida yallig‘lanish kabi muammolarni keltirib chiqargan.

Dastlab u jami 50 ming dollar miqdorida kompensatsiya – ortiqcha ish haqi, ishdan bo‘shatish to‘lovi, ma’naviy zarar, davolanish xarajatlari va pensiya uchun to‘lov talab qilgan. Sud qaroriga ko‘ra esa Neymar 43 ming yevro to‘lab berishi belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud jarayonida futbolchi bilan birga oshpazni ishga olgan uchinchi tomon kompaniyasi ham javobgar sifatida ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Neymar “Santos”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing