Neymar Braziliya futbol federatsiyasi prezidentini haqoratladi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol klubi hujumchisi Neymar Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan janjallashib qoldi. Bu haqda sport jurnalisti Xose Karlos Arauxo o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Neymar Rodriges bilan janjallashib, uni haqorat qilgan, shuningdek, Braziliya terma jamoasi o‘yinlarini boykot qilish bilan qo‘rqitgan.

13 oktyabr kuni Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralashining 3-turida Venesuela terma jamoasi bilan durang o‘ynadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Bu final bosqichida 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi JCH dir. Guruh bosqichi endi har birida to‘rtta jamoadan iborat 12 ta guruhdan iborat bo‘lib, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing