Neymar “Al-Hilol”dan ketishni rejalashtirmoqda
Sport
−
26 Sentabr 2023
17602Joriy yilning 14 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan shartnoma imzolagan Neymar jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Pulse Sports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, braziliyalik futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Braziliyaning “Santos” jamoasiga ko‘chib o‘tmoqchi.
Neymar “Al-Hilol” a’zosiga aylangach, ko‘plab ommaviy axborot vositalari 31 yoshli futbolchi saudiyaliklar bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagani haqida yoza boshladi. Biroq braziliyalik jurnalist Ademir Kvintino klub va futbolchi o‘rtasidagi kelishuv faqat ikki mavsumga mo‘ljallanganini da’vo qilmoqda.
“U faqat 2025 yilga qadar Saudiyada o‘ynaydi, 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan esa o‘zining bolalik klubi – “Santos”ga qaytadi”, deydi Kvintino.
Unga ko‘ra, Neymar “Santos” jamoasi rahbariyatiga shaxsan murojaat qilib, Jahon chempionatiga bir yil qolganida uni jamoaga qo‘shib olishini so‘ragan.