Netflix Ronalduning sevgilisi haqida serial suratga oldi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Netflix kompaniyasi futbolchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi sifatida tanilgan ispaniyalik model Jorjina Rodriges haqida serial suratga oldi. Bu haqda modelning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. U “Men, Jorjina” deb nomlanadi.  

“Bu muqovalar, hikoyalar va qizil yo‘lak ortida yashiringan narsa. Barcha qismlar 27 yanvar kuni taqdim etiladi”, deb yozgan
Jorjina. 

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan beri uchrashib keladi, lekin haligacha munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlamagan. 2017 yilda ularning qizi Alana dunyoga kelgan. Hozirda yulduzli juftlik 2022 yilning yozida tug‘ilishi kerak bo‘lgan egizaklarni kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

serial Jorjina Rodriges

Baholaganlar

701

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing